1.1. Ushbu hujjat StarsJoy (bundan keyin — «Ijrochi») tomonidan taqdim etiladigan raqamli mahsulotlarni sotib olish shartlarini belgilovchi ommaviy oferta shartnomasi hisoblanadi.
1.2. Ijrochi starsjoy.uz sayti va @starsjoybot Telegram-bot orqali faoliyat yuritadi.
1.3. Foydalanuvchi botda buyurtma berish orqali ushbu oferta shartlarini to'liq va so'zsiz qabul qilgan hisoblanadi (aksept).
1.4. Ijrochi O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq faoliyat yuritadi.
2.1. Ijrochi quyidagi raqamli xizmatlarni taqdim etadi:
2.2. Barcha mahsulotlar raqamli tarzda, to'g'ridan-to'g'ri Telegram akkauntingizga yetkaziladi.
2.3. Ijrochi Telegram platformasining rasmiy API va Fragment orqali xizmat ko'rsatadi. StarsJoy mustaqil reseller sifatida faoliyat yuritadi.
3.1. Buyurtma @starsjoybot orqali bot ko'rsatmalariga amal qilingan holda beriladi.
3.2. To'lov quyidagi usullar orqali qabul qilinadi: Click, Uzcard va Humo plastik kartalari.
3.3. To'lov muvaffaqiyatli o'tkazilgandan so'ng buyurtma 5 daqiqa ichida bajariladi.
3.4. Narxlar O'zbek so'mida belgilanadi. Narx buyurtma berish paytidagi kurs va tarifga asoslanadi.
3.5. Ijrochi narxlarni oldindan xabardor qilmagan holda o'zgartirish huquqini saqlab qoladi.
4.1. Foydalanuvchi noto'g'ri Telegram username yoki ID kiritmagan holda yuzaga kelgan muammolar uchun Ijrochi javobgar emas.
4.2. Telegram platformasi tomonidan yuzaga keladigan texnik uzilishlar, Telegram qoidalari o'zgarishi yoki Telegram akkauntining bloklanishi uchun Ijrochi mas'uliyat olmaydi.
4.3. Foydalanuvchi Telegram akkauntida Stars qabul qilish imkoniyati yoqilgan bo'lishi shart. Aks holda buyurtma bajarilmasligi mumkin.
5.1. Raqamli mahsulotlar yetkazib berilgandan keyin qaytarilmaydi.
5.2. To'lov muvaffaqiyatli o'tgan, lekin buyurtma texnik nosozlik sababli bajarilmagan taqdirda foydalanuvchi to'liq qaytarim talab qilish huquqiga ega.
5.3. Qaytarim talabi to'lov o'tkazilgan kundan 24 soat ichida @starsjoy_bot (support bot) orqali yuborilishi kerak. To'lov screenshoti yoki tasdig'i ilova qilinishi shart.
5.4. Foydalanuvchi noto'g'ri Telegram ma'lumotlari kiritganligi sababli buyurtma boshqa shaxsga yetkazilgan bo'lsa, qaytarim amalga oshirilmaydi.
5.5. Buyurtma bajarilgandan keyin foydalanuvchi o'z irodasi bilan voz kechgan holda qaytarim ko'rib chiqilmaydi.
6.1. Foydalanuvchi xizmatdan faqat qonuniy maqsadlarda foydalanishi shart.
6.2. Xizmatni firibgarlik, spam yoki boshqalarga zarar yetkazish maqsadida ishlatish qat'iyan taqiqlanadi. Bunday foydalanuvchilar bloklanadi.
6.3. Foydalanuvchi Telegram platformasining Foydalanish shartlariga rioya qilish majburiyatini o'z zimmasiga oladi.
7.1. Barcha murojaat va savollar faqat @starsjoy_bot (support bot) orqali qabul qilinadi.
7.2. Murojaatlarga ish kunlari 24 soat ichida javob beriladi.
7.3. Qo'pol munosabat, tahdid yoki noto'g'ri xatti-harakat ko'rsatgan foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatishdan bosh tortish huquqi Ijrochida saqlanadi.
8.1. Ijrochi faqat xizmat ko'rsatish uchun zarur bo'lgan minimal ma'lumotlarni (Telegram ID, username) jamlaydi.
8.2. Foydalanuvchi shaxsiy ma'lumotlari uchinchi shaxslarga sotilmaydi. Reyting va faollik ko'rsatkichlari xizmat doirasida ommaviy ko'rinishi mumkin.
8.3. To'lov ma'lumotlari to'lov tizimlari tomonidan boshqariladi. Ijrochi karta ma'lumotlarini saqlamaydi.
9.1. Ijrochi ushbu oferta shartlarini istalgan vaqtda o'zgartirish huquqini saqlab qoladi. O'zgarishlar @starsjoy telegram kanalida e'lon qilingan paytdan kuchga kiradi.
9.2. Oferta shartlari o'zgargandan so'ng xizmatdan foydalanishni davom ettirish — yangi shartlarni qabul qilish sifatida talqin etiladi.
9.3. Nizolar birinchi navbatda muzokaralar yo'li bilan hal etiladi. Kelishuv bo'lmasa, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sudga murojaat qilinadi.
9.4. Ushbu ofertaning alohida bandlari haqiqiy bo'lmasa, qolgan bandlar o'z kuchini saqlab qoladi.